SOS
Jinoyat

Migrantlarni noqonuniy ishlatganlarga 600 ming rubl jarima va 2 yildan 3 yilgacha qamoq jazosi tayinlandi

Migrantlarni noqonuniy ishlatganlarga 600 ming rubl jarima va 2 yildan 3 yilgacha qamoq jazosi tayinlandi

Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha Federal xavfsizlik xizmati (FSB) boshqarmasi xabariga ko‘ra, shaharda noqonuniy migratsiya kanalini tashkil etgan to‘rt nafar shaxs sud qilindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu guruh a’zolari oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada xorijliklarning noqonuniy bo‘lishi va ishlashini ta’minlab kelgan.

Sud jarayonida aniqlanishicha, guruh a’zolari o‘zaro til biriktirib, noqonuniy faoliyatdan daromad olishgan. Huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu guruhning faoliyatiga chek qo‘yildi. Ayblanuvchilarning uch nafari Rossiya fuqarosi, bir nafari esa MDH davlatlaridan birining vakili ekani ma’lum qilindi.

Sud hukmi bilan Rossiya fuqarosi bo‘lgan uch nafar shaxs 2 yildan 3,5 yilgacha bo‘lgan muddatga umumiy tartibli koloniyaga jo‘natildi. Shuningdek, ularning har biriga 150 ming rubl miqdorida jarima jazosi tayinlandi. Guruhning to‘rtinchi a’zosiga nisbatan 2 yillik shartli qamoq jazosi va 150 ming rubl jarima belgilandi.

02.09.202618