Rossiya Federatsiyasining Ivanova shahrida narkotik moddalar savdosi bilan shugʻullanishda gumon qilingan 36 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi politsiya xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.
Ushbu shaxs Rossiyaga rasman tirikchilik qilish va ishlash maqsadida kelgan. Biroq, IIVning Narkotiklarni nazorat qilish boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan surishtiruvlar natijasida uning noqonuniy daromad topish faoliyati fosh etildi.
Qoʻlga olinish vaqtida gumonlanuvchidan jami 101 ta oʻramda boʻlgan giyohvandlik moddasi musodara qilingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston fuqarosiga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan va u jinoiy javobgarlikka tortilmoqda. Politsiya xodimlari mazkur jinoyatning boshqa tafsilotlarini aniqlash yuzasidan tergov harakatlarini davom ettirmoqda.









