SOS
Jinoyat

Krasnoyarsk o‘lkasida xorijlik fuqaroga buzuq harakatlari uchun hukm chiqarildi

Krasnoyarsk o‘lkasida xorijlik fuqaroga buzuq harakatlari uchun hukm chiqarildi

13-noyabr kuni Krasnoyarsk o‘lkasining Kejem tuman sudi 14 yoshli qizga nisbatan buzuq harakatlar sodir etgan 54 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan hukm chiqargani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2026-yilning yozida erkak tanish maktab o‘quvchisi bilan birga bo‘lgan vaziyatda unga nisbatan shahvoniy xarakterdagi harakatlar sodir etgan. Jismoniy majburlash yoki zo‘ravonlik holatlari qayd etilmagan bo‘lsa-da, sudlanuvchi jabrlanuvchining 16 yoshga to‘lmaganini bilgan.

Sudda qonunchilikka ko‘ra, ushbu yoshga yetmagan shaxslarga nisbatan sodir etilgan har qanday turdagi shahvoniy harakatlar jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi eslatib o‘tildi.

14.11.20265