SOS
Jinoyat

Moskva viloyatida masjidga o't qo'ymoqchi bo'lgan shaxs 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Moskva viloyatida masjidga o't qo'ymoqchi bo'lgan shaxs 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Ikkinchi G'arbiy okrug harbiy sudi Moskva viloyati istiqomat qiluvchisi, 19 yoshli Korneliy Kurbatovga nisbatan hukm chiqardi. U terrorchilik faoliyati, terrorchilik tashkiloti faoliyatida ishtirok etish hamda terrorchilik faoliyatiga o'qitish kabi ayblovlar bo'yicha aybdor deb topildi.

Sud va tergov ma'lumotlariga ko'ra, 2024-yilning dekabr oyida Kurbatov o'zining 17 yoshli tanishi bilan birgalikda Serpuxov shahridagi masjid binosiga o't qo'ymoqchi bo'lgan. Hodisa oqibatida bino jiddiy zarar ko'rmagan, faqat devorlarida kuyish izlari qolgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o'tkazilgan tekshiruv davomida Kurbatovning telefonidan yonuvchi suyuqlik tayyorlash va jinoyatga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha yo'riqnomalar topilgan.

Sud qarori bilan Kurbatov 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoni qattiq tartibli koloniyada o'tashi belgilandi. U o'z aybiga iqror bo'lgan. Uning sherigi bo'lgan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan esa majburiy davolash choralari tayinlangan.

19.09.20264