Moskvada mast holdagi janjal oqibatida o'zbekistonlik fuqaro 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi

“Ostorojno, novosti” nashrining xabar berishicha, 2026-yilning aprel oyida Samarqand viloyatida tug‘ilgan 48 yoshli Nurali K. maxsus harbiy operatsiya hududida og‘ir jarohat olib, demobilizatsiya qilinganidan so‘ng Moskva shahriga kelgan. Fuqaro Moskvada muntazam ravishda alkogol mahsulotlarini iste’mol qilib, yashash xonadoniga turli shaxslarni taklif qilgan. Aprel oyida u fuqaro Rustam X. bilan tanishgan. Birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilish jarayonida ular o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan. Oralaridan ikki kun o‘tib, Nurali K. va Rustam X. savdo shoxobchasida qayta uchrashib, Nurali K.ning xonadonida kattaroq davrada uchrashuvni davom ettirishga kelishishgan.
Biroq, spirtli ichimliklar ta’sirida o‘zaro nizo qaytadan avj olgan. Nurali K. oshxona pichog‘ini olib, Rustam X.ga 39 marotaba tan jarohati yetkazgan. Mazkur jinoyat ustiga xonadonda bo‘lgan guvohlardan biri kelib qolgan. Voqea joyidagi boshqa shaxslar xonadonni tark etgach, Nurali K. uxlab qolgan va keyinchalik huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.
Sud majlisida sudlanuvchi qotillik jinoyatini rad etib, jabrlanuvchiga o‘zini himoya qilish maqsadida cheklangan miqdorda zarba berganini da’vo qilgan. Sud Nurali K.ning maxsus harbiy operatsiyada ishtirok etganini jazoni yengillashtiruvchi holat, alkogolga qaramligini esa jazoni og‘irlashtiruvchi holat deb baholadi. Sud hukmiga ko‘ra, Nurali K. 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi va ushbu qaror qonuniy kuchga kirdi.








