SOS
Jinoyat

Moskvada og'ir jinoyat sodir etgan migrant qo'lga olindi: uni 3 yildan 6 yilgacha qamoq kutmoqda

Moskvada og'ir jinoyat sodir etgan migrant qo'lga olindi: uni 3 yildan 6 yilgacha qamoq kutmoqda

Moskva shahrida kuryerlik xizmatida ishlovchi qizga nisbatan og'ir jinoyat sodir etgan shaxs qo'lga olindi. Rossiya Tergov qo'mitasining Moskva shahri bo'yicha bosh tergov boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, hodisa Yaroslavl shossesi hududida yuz bergan.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, 23 yoshli migrant kuryer qizga tajovuz qilgan, unga tan jarohati yetkazib, burnini sindirgan va jinsiy zo'ravonlik sodir etgan. Jabrlanuvchi politsiyaga murojaat qilganidan so'ng, gumonlanuvchi kuzatuv kameralari yordamida tezkorlik bilan aniqlanib, qo'lga olingan.

Dastlabki so'roq chog'ida gumonlanuvchi mast holatda bo'lganini va voqeani eslay olmasligini bildirgan, biroq keyinchalik aybiga iqror bo'lgan. Hozirda unga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining “Zo'rlash” va “Jinsiy xarakterdagi zo'ravonlik harakatlari” moddalari bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Ushbu jinoyat uchun qonunchilikda 3 yildan 6 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

29.09.20264