SOS
Jinoyat

Soxta til sertifikati uchun 1 yilgacha ozodlikdan mahrum etilish mumkin

Soxta til sertifikati uchun 1 yilgacha ozodlikdan mahrum etilish mumkin

Penza shahri IIV xodimlari 1988-yilda tug'ilgan xorijlik fuqaroga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 327-moddasi 3-qismi bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atdi. Ayol patent olish uchun migratsiya bo'limiga murojaat qilgan vaqtda taqdim etgan rus tilini bilish darajasi to'g'risidagi sertifikat politsiya xodimlarida shubha uyg'otgan.

O'tkazilgan ekspertiza natijasida hujjat soxta ekanligi aniqlandi. Surishtiruv davomida ayol mazkur sertifikatni internetdagi messenjerlardan biri orqali 25 000 rubl evaziga buyurtma qilganini va uni pochta bo'limidan olganini tan olgan.

Rossiya qonunchiligiga ko'ra, soxta hujjatlardan foydalanish jinoyat hisoblanadi va ushbu modda bo'yicha aybdor deb topilgan shaxs 1 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Huquq-tartibot organlari xorijlik fuqarolarni rasmiy hujjatlarni olishda faqat qonuniy yo'llardan foydalanishga va firibgarlarga aldanib qolmaslikka chaqirmoqda.

05.11.202614