SOS
Jinoyat

Narkotik savdosi bilan bog'liq 17 kishi sudlandi: ularning 20 mln rubllik mulki musodara qilindi

Narkotik savdosi bilan bog'liq 17 kishi sudlandi: ularning 20 mln rubllik mulki musodara qilindi

Novosibirsk shahar Oktabr tuman sudi narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhni ekstremistik jamoat deb topdi va uning Rossiya hududidagi faoliyatini taqiqladi.

Sud ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur jinoiy guruh 2018–2019-yillar davomida mintaqada faoliyat yuritgan bo‘lib, giyohvandlik vositalarini yashirin internet-do‘kon (darknet) orqali sotishgan. Guruh tarkibidan 17 nafar yoshlar, jumladan, xorijiy fuqarolar ham joy olgan.

Guruh tashkilotchisi esa barcha jinoiy harakatlarni qamoqxonada jazoni o‘tash davomida, masofadan turib boshqarib kelgan. Tergov va sud jarayonida guruh a’zolarining Rossiyada taqiqlangan harakatga aloqadorligi ham aniqlangan.

Sud prokuratura talabini to‘liq qanoatlantirdi. Guruhning 15 nafar ishtirokchisiga tegishli bo‘lgan 20 million rubldan ortiq qiymatdagi mol-mulk hamda ularning hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari davlat foydasiga musodara qilindi. Qolgan ikki nafar sudlanuvchining mol-mulkiga oid talablar esa alohida ish yurituviga ajratildi.

Sud qarori hali qonuniy kuchga kirgani yo‘q.

15.09.202611