SOS
Jinoyat

Nijniy Novgorodda ikki xorijlik ishchi kaltaklandi: gumonlanuvchilar qo'lga olindi

Nijniy Novgorodda ikki xorijlik ishchi kaltaklandi: gumonlanuvchilar qo'lga olindi

Nijniy Novgorod viloyatining Perevoz shahrida xorijlik ishchilarga nisbatan qotillikka urinish holati yuz berdi. Mahalliy politsiya xabariga ko'ra, niqob taqqan ikki shaxs tikuvchilik korxonasida ishlovchi ikki nafar xorijlik fuqaroga og'ir tan jarohati yetkazgan.

Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot organlari jabrlanuvchilar Rossiya hududida qonuniy asosda ishlab kelayotganini aniqladi. Hujum oqibatida 29 yoshli jabrlanuvchi og'ir ahvolda shifoxonaning jonlantirish bo'limiga yotqizilgan. Ikkinchi jabrlanuvchi ham tibbiy yordam olgan.

Rossiya Tergov qo'mitasining Nijniy Novgorod viloyati bo'yicha boshqarmasi tomonidan "Qotillikka urinish" moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchilar — 1993 va 2004-yilda tug'ilgan mahalliy fuqarolar qo'lga olindi. Tintuv jarayonida jinoyat qurollari topilib, ashyoviy dalil sifatida olib qo'yildi.

So'roq davomida gumonlanuvchilar o'z harakatlarini shaxsiy adovat bilan izohlagan. Hozirda sud qarori bilan ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mahalliy ma'muriyat vakillari aholini millatlararo nizolarga yo'l qo'ymaslikka va har qanday kelishmovchiliklarni huquqiy yo'l bilan, ya'ni politsiya orqali hal qilishga chaqirdi.

11.09.20262