Noqonuniy kosmetologik xizmat ko'rsatgan shaxs 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Moskva shahar prokuraturasi xabariga ko'ra, 27 yoshli Shoira Nazulloeva noqonuniy tibbiy faoliyat yuritgani uchun sud hukmi bilan 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoni o'tash joyi sifatida manzil-koloniya belgilangan.
Sud jarayonida aniqlanishicha, ayblanuvchi tibbiy ma'lumotga, tegishli ko'nikmalarga va litsenziyaga ega bo'lmagan. Shunga qaramay, 2026-yil yanvar oyida u xususiy klinikaning ijaraga olingan xonasida mijozga ukol yordamida kosmetologik muolaja o'tkazgan.
Muolajadan so'ng 38 yoshli mijozning ahvoli keskin yomonlashgan. Shifoxonaga yotqizilgan bemor ko'rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan. Sud Nazulloevani Rossiya Jinoyat kodeksining 235-moddasi 2-qismi (litsenziyasiz tibbiy faoliyat yuritish oqibatida ehtiyotsizlikdan odam o'limiga sabab bo'lish) bo'yicha aybdor deb topdi.
Sud hukmiga ko'ra, ayblanuvchiga jazo muddatini o'tab bo'lgach, yana 2 yil davomida ukol bilan bog'liq kosmetologik muolajalarni amalga oshirish taqiqlandi.








