SOS
Jinoyat

Novosibirskda 4 nafar migrant narkotik savdosi bilan shug'ullangani uchun qo'lga olindi

Novosibirskda 4 nafar migrant narkotik savdosi bilan shug'ullangani uchun qo'lga olindi

Novosibirsk viloyati IIB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida 4 nafar xorijlik fuqaro qo'lga olindi. 19 va 20 yoshli yigitlar Rossiyaga mehnat migranti sifatida kirib kelgan bo'lsa-da, tergov ma'lumotlariga ko'ra, ular onlayn narkomarketlarda ulgurji kuryer sifatida faoliyat yuritgan.

Aniqlanishicha, gumonlanuvchilar anonim kurator ko'rsatmalari asosida taqiqlangan moddalarning yirik partiyalarini yashiringan joylardan olib, ijaraga olingan xonadonga tashigan. U yerda moddalar kichik dozalarga bo'linib, maxfiy joylarga (zakladka) joylashtirish uchun chakana sotuvchilarga yetkazib berilgan. Tinchuv jarayonida 800 dan ortiq tayyor o'ram, elektron tarozi va qadoqlash vositalari topilgan. Ekspertiza xulosasiga ko'ra, musodara qilingan geroin va metadonning umumiy og'irligi 1,5 kilogrammdan oshadi.

Qo'lga olingan shaxslar so'roq vaqtida ijtimoiy tarmoqlardagi messenjerlarda e'lon qilingan “yengil daromad” taklifi orqali ushbu noqonuniy faoliyatga jalb qilinganliklarini tan olishgan. Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 228.1-moddasi 5-qismi (narkotik moddalarni o'ta yirik miqdorda noqonuniy sotishga urinish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Sud qarori bilan gumonlanuvchilar tergov davrida qamoqqa olingan. Huquq-tartibot idoralari migrantlarni internetdagi shubhali ish takliflariga aldanib qolmaslik va og'ir jinoyatlarga aralashib qolishdan ogohlantirmoqda.

22.09.20269