SOS
Jinoyat

Politsiya tekshiruvidan qochmoqchi boʻlgan xorijlik talabalar 9-qavatdan tushib ketdi

Politsiya tekshiruvidan qochmoqchi boʻlgan xorijlik talabalar 9-qavatdan tushib ketdi

MOSKVA. Rossiya poytaxtining Sireneviy bulvaridagi koʻp qavatli uylardan birida mudhish fojia yuz berdi. Migratsiya tekshiruvidan xavfsiragan ikki nafar chet el fuqarosi yashash xonadoni oynasidan qochishga urinish vaqtida baxtsiz hodisaga uchradi.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea chorshanba kuni kechqurun sodir boʻlgan. Huquq-tartibot organlari xodimlari migratsiya qonunchiligi ijrosini tekshirish maqsadida mazkur xonadon eshigini taqillatishgan. Uy ichida boʻlgan va hujjatlarida muammosi borligidan xavfsiragan Hindiston fuqarolari politsiyaga eshik ochish oʻrniga, 9-qavat oynasi orqali pastga tushib qochishga harakat qilishgan. Ammo muvozanatni yoʻqotib, balandlikdan yiqilishgan.

19 yoshli fuqaro olgan ogʻir jarohatlari tufayli voqea joyida hayotdan koʻz yumdi. 22 yoshli ikkinchi fuqaro esa oʻta ogʻir ahvolda shifoxonaning reanimatsiya boʻlimiga yotqizildi. Shifokorlar ayni damda uning hayoti uchun kurashmoqdalar.

Hozirda Rossiya Federatsiyasi Tergov qoʻmitasi va tegishli huquq-tartibot idoralari tomonidan mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan. Xonadon kimga tegishli ekani va xorijliklarning mamlakatda boʻlish maqomi toʻliq oʻrganilmoqda. Voqea guvohlari va qoʻshnilar soʻroq qilinmoqda.

01.10.20261