SOS
Jinoyat

Qidiruvdagi O'zbekiston fuqarosi Kamchatkada qo'lga olindi: uni nima kutmoqda?

Qidiruvdagi O'zbekiston fuqarosi Kamchatkada qo'lga olindi: uni nima kutmoqda?

Petropavlovsk-Kamchatskiy shahrida Rossiya IIVning Kamchatka o'lkasi bo'yicha boshqarmasi xodimlari hamda Federal xavfsizlik xizmati vakillari hamkorligida xorijiy fuqaro qo'lga olindi. Aniqlanishicha, ushbu shaxs O'zbekiston huquq-tartibot organlari tomonidan firibgarlik (O'zbekiston JK 168-moddasi 2-qismi “a” bandi) va hujjatlarni qalbakilashtirish (228-modda 2-qismi “b” bandi) ayblovlari bilan davlatlararo qidiruvga berilgan.

Politsiya tekshiruvlari davomida fuqaro Rossiya hududida 2018-yildan buyon noqonuniy ravishda yashab kelayotgani aniqlandi. U qidiruvdan yashirinish maqsadida Kamchatka o'lkasidagi dala hovlilarda oddiy ishchi bo'lib ishlagan.

Hozirgi vaqtda ushlangan shaxs Rossiya Jinoyat-protsessual kodeksining 91-moddasi tartibida Yelizovo tumani IIB vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirildi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan uning O'zbekistonga ekstraditsiya qilinishi masalasi ko'rib chiqilmoqda.

02.10.20262