SOS
Jinoyat

Rossiya qamoqxonalaridagi o'zbekistonlik onalarning 3 nafar farzandi Vatanga qaytarildi

Rossiya qamoqxonalaridagi o'zbekistonlik onalarning 3 nafar farzandi Vatanga qaytarildi

O'zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan ko'rilgan choralar natijasida Rossiyaning Mordoviya Respublikasi va Samara viloyatidagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan fuqarolarning voyaga yetmagan 3 nafar farzandi Vatanga qaytarildi. Ushbu bolalar shu vaqtgacha qamoqxona hududidagi bolalar uyida bo'lgan.

Qaytarish jarayonidan oldin diplomatlar tomonidan bolalarning O'zbekiston fuqaroligiga mansubligi, ularning Vatanida qarindoshlari borligi va boshqa huquqiy masalalar o'rganib chiqildi. Rossiya vakolatli idoralari bilan hamkorlikda zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli tartib-taomillar amalga oshirildi.

Bolalar Bosh konsulxona diplomatlari hamda O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamrohligida qabul qilib olindi va xavfsiz tarzda O'zbekistonga yetkazildi. Mazkur repatriatsiya jarayoni tizimli ravishda amalga oshirilayotgan ishlar doirasida tashkil etildi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Rossiyadagi jazoni ijro etish muassasalari qoshidagi bolalar uylarida qolayotgan o'zbekistonlik fuqarolarning farzandlarini Vatanga qaytarish bo'yicha konsullik-huquqiy tadbirlar davom ettirilmoqda.

14.09.20261