SOS
Jinoyat

Rossiyada 12 ta mikroqarzga tushib qolgan migrant: shaxsiy ma'lumotlarni begonalarga bermang

Rossiyada 12 ta mikroqarzga tushib qolgan migrant: shaxsiy ma'lumotlarni begonalarga bermang

Rossiya IIVning «Svobodnenskiy» bo'limiga 1987-yilda tug'ilgan xorijlik fuqaro murojaat qildi. U noma'lum shaxs uning shaxsiy ma'lumotlaridan foydalanib, umumiy qiymati 205 000 rublga teng 12 ta mikroqarz rasmiylashtirganini ma'lum qildi.

Politsiya olib borgan surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatga jabrlanuvchining 24 yoshli tanishi aloqador ekani aniqlandi. Ma'lum bo'lishicha, gumonlanuvchi avvalroq jabrlanuvchidan qarz so'ragan. Nafd puli bo'lmagan 39 yoshli erkak tanishining taklifi bilan 10 000 rubl miqdorida mikroqarz olishga rozi bo'lgan. Biroq, kredit tashkiloti ilovasida ro'yxatdan o'tish jarayonida yordam bergan yosh yigit dasturdan chiqmasdan, jabrlanuvchining shaxsiy ma'lumotlaridan qayta-qayta foydalangan.

Jinoyatni sodir etgan shaxs o'z aybiga iqror bo'ldi. Hozirda unga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 158-moddasi 3-qismi «g» bandi bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan va u qamoqqa olingan.

Politsiya xodimlari migrantlarni ogohlikka chaqirib, shaxsiy ma'lumotlar, bank ilovalarining login va parollarini begona shaxslarga bermaslikni, shuningdek, o'z nomidan amalga oshirilayotgan barcha moliyaviy operatsiyalarni diqqat bilan nazorat qilishni eslatib o'tdi.

28.09.20263