Rossiya Federatsiyasi Tergov qo'mitasining Amur viloyati bo'yicha boshqarmasi xabariga ko'ra, Tinda shahrida 56 yoshli xorijlik fuqaroga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo'yicha tergov yakunlandi. U Rossiya Jinoyat kodeksining 291-moddasi 3-qismi (mansabdor shaxsga pora berish) bo'yicha ayblanmoqda.
Aniqlanishicha, 2026-yil avgust oyida ayblanuvchi Tinda shahri harbiy komissariatining bo'lim boshlig'iga murojaat qilgan. U tibbiy ko'rikdan o'tmasdan, harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilish evaziga pul mukofoti taklif qilgan. Mazkur soxta hujjatni u Rossiyada yashash guvohnomasini (VNJ) rasmiylashtirish uchun ishlatmoqchi bo'lgan.
Harbiy komissariat xodimi pora taklifi haqida xavfsizlik organlariga xabar bergan. 2026-yil 18-sentyabr kuni ayblanuvchi mansabdor shaxsning xizmat xonasida 50 ming rubl miqdoridagi pulni stol ustiga qo'yayotgan vaqtda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) xodimlari tomonidan qo'lga olingan.
Tergov jarayonida ayblanuvchi o'z aybiga to'liq iqror bo'lgan. Sud qarori bilan unga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish tarzi tanlangan. Hozirda ayblov xulosasi bilan birga jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.









