SOS
Jinoyat

Rossiyada internetda migrantlarga nisbatan zo'ravonlikka chaqirgan shaxs jazoga tortildi

Rossiyada internetda migrantlarga nisbatan zo'ravonlikka chaqirgan shaxs jazoga tortildi

Jeleznodorojniy tuman sudi 56 yoshli Pavel N.ga nisbatan qo'zg'atilgan ma'muriy ishni ko'rib chiqdi. Erkak Rossiya Federatsiyasi Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi kodeksining 20.3.1-moddasi (nafrat yoki adovatni qo'zg'atish) bo'yicha aybdor deb topildi.

Sud hujjatlariga ko'ra, ayblanuvchi 2023-yilning noyabr oyida ijtimoiy tarmoqlardagi videolavhalardan biri ostida O'zbekistondan kelgan migrantlarni yoqib yuborishga da'vat qiluvchi izoh qoldirgan. Ekspertlar ushbu yozuvda zo'ravonlikka undash alomatlarini aniqlashgan.

Bundan tashqari, sudlanuvchi 2023-yil oktabr oyida Moskvada o'tkazilgan miting ishtirokchilariga nisbatan ham zo'ravonlikka chaqiruvchi izoh qoldirgani ma'lum bo'ldi. Sud jarayonida erkak o'z aybiga iqror bo'lib, qilmishidan pushaymonligini bildirgan va qaramog'ida ikki nafar boquvchisi borligini inobatga olishni so'ragan.

Sud qaroriga ko'ra, Pavel N.ga 50 soatlik majburiy ishlar jazosi tayinlandi. Jazoni tayinlashda ayblanuvchining shu yilning yanvar oyida ham xuddi shu modda bo'yicha javobgarlikka tortilgani og'irlashtiruvchi holat sifatida e'tiborga olindi.

17.09.20261