SOS
Jinoyat

Rossiyada ishlayotgan migrant 6 million rubllik o'g'rilikda gumonlanib qo'lga olindi

Rossiyada ishlayotgan migrant 6 million rubllik o'g'rilikda gumonlanib qo'lga olindi

Sankt-Peterburg shahrida 29 yoshli uy yordamchisi 6 million rubl qiymatidagi zargarlik buyumlarini o'g'irlashda gumonlanib qo'lga olindi. Rossiya IIV mintaqaviy boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, jabrlanuvchi – 59 yoshli xonadon egasi o'z buyumlari yo'qolganini sezib, politsiyaga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, o'g'rilik xonadon egasi uyda bo'lmagan vaqtda sodir etilgan. Gumonlanuvchi yaqin xorij davlatlaridan birining fuqarosi bo'lib, xonadonda uy yordamchisi sifatida ishlab kelgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o'tkazilgan tintuv jarayonida gumonlanuvchining yashash joyidan o'g'irlangan buyumlarning bir qismi — ikkita tilla uzuk topilgan.

Ushbu holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining «O'ta yirik miqdordagi o'g'rilik» moddasi bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Hozirgi vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda va qolgan qimmatbaho buyumlarni qidirish ishlari olib borilmoqda.

30.10.20261