SOS
Jinoyat

Rossiyada ishsiz migrantlarni deportatsiya qilish va jazolash tartibi kuchayishi mumkin

Rossiyada ishsiz migrantlarni deportatsiya qilish va jazolash tartibi kuchayishi mumkin

Rossiya Davlat Dumasi deputati Vitaliy Milonov "Radio Sputnik" efirida migratsiya sohasidagi nazoratni kuchaytirish va huquqbuzarlik sodir etgan xorijliklarga nisbatan jazo choralarini qat'iylashtirish bo'yicha o'z takliflarini bildirdi. Deputatning so'zlariga ko'ra, ayollarga nisbatan shilqimlik qilgan yoki boshqa huquqbuzarliklarga qo'l urgan shaxslarga qarshi sud jarayonlari ochiq o'tkazilishi hamda ularning shaxsini ommaviy qoralash choralari ko'rilishi lozim.

Vitaliy Milonov, shuningdek, Rossiya hududida ishlamayotgan xorijiy fuqarolarni mamlakatdan chiqarib yuborish masalasini ko'tardi. Uning ta'kidlashicha, mehnat migratsiyasi maqsadida kelgan shaxslar uchun ish beruvchi javobgar bo'lishi kerak, biroq ish bilan band bo'lmagan va nazoratsiz yurgan migrantlar vataniga qaytarilishi maqsadga muvofiq.

Deputat migratsiya oqimlarini nazorat qilish muhimligini ta'kidlab, ishsiz qolgan va ko'chada maqsadsiz yurgan xorijliklar ijtimoiy xavfsizlikka salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligini qayd etdi. Ushbu tashabbuslar migrantlar uchun Rossiya qonunchiligiga rioya qilish va ish bilan bandlikni ta'minlash muhimligini yana bir bor eslatadi.

10.11.20261