SOS
Jinoyat

Rossiyada pora berishda ayblangan o'zbekistonlik 2 yil 4 oyga ozodlikdan mahrum etildi

Rossiyada pora berishda ayblangan o'zbekistonlik 2 yil 4 oyga ozodlikdan mahrum etildi

Sankt-Peterburg shahrining Vyborg tuman sudi O'zbekiston fuqarosi Rasuljon Kamchiyevga nisbatan hukm chiqardi. U Rossiya Jinoyat kodeksining 291-moddasi 4-qismi «b» bandi (yirik miqdorda pora berish) bo'yicha aybdor deb topildi.

Tergov ma'lumotlariga ko'ra, Kamchiyev IIV xodimi bilan kelishib, xorijiy fuqarolarning Rossiya hududida qonuniy bo'lishi va ularning ma'lumotlari bo'yicha bazadan tekshiruv o'tkazishni yo'lga qo'ygan. U 33 nafar xorijiy fuqaro haqidagi ma'lumotlarni noqonuniy olish maqsadida IIV xodimiga pul mukofoti taklif qilgan. 2024-yil 25-avgustdan 2025-yil 17-mayga qadar bo'lgan davrda u xodimga jami 400 000 rubl miqdorida pora bergan.

Sud jarayonida Kamchiyev o'z aybiga to'liq iqror bo'ldi va qilmishidan pushaymonligini bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, u tergov organlariga ushbu holat haqida o'zi xabar bergan. Shunga qaramay, sud hukmiga ko'ra, Kamchiyev 2 yil 4 oy muddatga qat'iy tartibli koloniyaga ozodlikdan mahrum etildi.

Ushbu holat migrantlar uchun Rossiya qonunchiligida pora berish va mansabdor shaxslar bilan noqonuniy kelishuvlarga kirish og'ir jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini yana bir bor eslatadi. IIV axborot tizimlariga noqonuniy kirish yoki hujjatlarni soxtalashtirishga urinishlar qat'iy jazolanadi.

22.09.20266