SOS
Jinoyat

Rossiyada pora berishga uringan haydovchi va yo'lovchilarga nisbatan jinoiy ish ochildi

Rossiyada pora berishga uringan haydovchi va yo'lovchilarga nisbatan jinoiy ish ochildi

Moskva shahrida yo'l-patrul xizmati (YPX) xodimlariga pora berishga uringan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari sudga oshirildi. Huquq-tartibot organlari ma'lumotlariga ko'ra, haydovchilar va yo'lovchilar ma'muriy javobgarlikdan qochish maqsadida xodimlarga pul taklif qilishgan.

Birinchi holatda, 34 yoshli haydovchi hujjatlari (haydovchilik guvohnomasi va sug'urta polisi) yo'qligi hamda xavfsizlik kamarini taqmagani uchun to'xtatilgan. U YPX xizmat mashinasida inspektorga 11 ming rubl miqdorida pora taklif qilgan. Inspektor pulni olishdan bosh tortgan va haydovchi qo'lga olingan. Hozirda ushbu shaxs o'z aybiga iqror bo'lgan.

Ikkinchi holatda esa, taksi yo'lovchisi bo'lgan xorij fuqarosi migratsiya qonunchiligini buzgani aniqlangach, inspektorga pora berishga uringan. Natijada ushbu shaxs ham qo'lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Rossiya qonunchiligiga ko'ra, mansabdor shaxsga pora taklif qilish yoki berish og'ir jinoyat hisoblanadi. Migrantlar uchun bunday harakatlar nafaqat jarima yoki qamoq jazosi, balki mamlakatdan deportatsiya qilinish va kelgusida Rossiyaga kirish taqiqlanishiga sabab bo'lishi mumkin. Mutaxassislar yo'l harakati qoidalari yoki migratsiya tartib-qoidalari buzilganda, qonuniy yo'l bilan harakat qilishni tavsiya etadi.

11.09.20261