Rossiya Federatsiyasi Tergov qo'mitasining Leningrad viloyati bo'yicha boshqarmasi ma'lumotiga ko'ra, Kirov tumanida 35 yoshli xorijlik fuqaroga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo'yicha tergov yakunlandi. U Rossiya Jinoyat kodeksining 291-moddasi (pora berishga urinish) va 327-moddasi (soxta hujjatdan foydalanish) bo'yicha ayblanmoqda.
Voqea 2026-yil 24-sentabr kuni Kirov tumanining Sinyavino qishlog'ida yuz bergan. Yo'l-patrul xizmati xodimlari tomonidan to'xtatilgan shaxsning hujjatlari tekshirilganda, uning Rossiya hududida qonuniy bo'lishi uchun asoslari yo'qligi va ro'yxatdan o'tmagani aniqlangan.
Ma'lum bo'lishicha, ma'muriy javobgarlikdan qutilish maqsadida ayblanuvchi inspektorga 15 ming rubl miqdorida pora taklif qilgan. Huquq-tartibot organi xodimi pora olishdan bosh tortgan va ogohlantirishlarga qaramay, shaxs pullarni xizmat avtomobilining “bardachok” qismiga tashlagan. Shundan so'ng uning noqonuniy harakatlariga chek qo'yilgan.
Bundan tashqari, tergov davomida fuqaro migratsiya hisobiga qo'yilganligini tasdiqlovchi soxta hujjatni sotib olgani va uni politsiya xodimiga taqdim etgani aniqlangan. Hozirda to'plangan dalillar va jinoyat ishi sudga oshirilgan bo'lib, ayblanuvchining qilmishiga huquqiy baho berilishi kutilmoqda.









