Rossiya Xavfsizlik kengashi apparati matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2026-yilning to'qqiz oyi mobaynida mamlakatda xorijliklar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 39,5 foizga qisqargan. Shuningdek, jinoyat sodir etgan xorijiy fuqarolar soni ham chorakdan ko'proqqa kamaygani qayd etilgan.
Statistikaga ko'ra, xorijliklarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar soni ham 18,9 foizga kamaygan. Ushbu ma'lumotlar Rossiya hududida bo'lib turgan migrantlar uchun huquqiy tartib-qoidalarga rioya qilish muhimligini yana bir bor eslatib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Rossiya qonunchiligiga kiritilayotgan o'zgarishlarga ko'ra, noyabr oyidan boshlab xorijliklarni mamlakatdan chiqarib yuborishga sabab bo'luvchi huquqbuzarliklar ro'yxati kengaytirildi. Endilikda ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 22 ta moddasi o'rniga 45 ta moddasi bo'yicha jarima bilan birga deportatsiya choralari qo'llanilishi mumkin.
Shuningdek, Rossiyada mehnat migrantlarini uyushgan holda yollash bo'yicha tajriba loyihasining birinchi bosqichi 2027-yil 1-martdan, ikkinchi bosqichi esa 2029-yil 1-yanvardan boshlanishi rejalashtirilgan. Migrantlardan Rossiya qonunlari, til va mahalliy an'analarni hurmat qilish talab etilishi alohida ta'kidlanmoqda.









