SOS
Jinoyat

Rossiyada xorijlikning noqonuniy qolishiga yordam bergan politsiyachi sudlandi

Rossiyada xorijlikning noqonuniy qolishiga yordam bergan politsiyachi sudlandi

Rossiya Tergov qo'mitasining Orlov viloyati bo'yicha boshqarmasi xabariga ko'ra, Zalegoshchensk tumani ichki ishlar bo'limining sobiq katta uchastka noziri mansab vakolatlarini suiiste'mol qilganlikda aybdor deb topildi. Sud jarayonida aniqlanishicha, u 2023-yilning fevralidan 2026-yilning apreligacha ushbu lavozimda ishlagan.

Voqea 2024-yilning sentyabr oyida sodir bo'lgan. O'sha vaqtda politsiyachiga Rossiya hududida noqonuniy bo'lib turgan xorijlik fuqaro bo'yicha ma'muriy huquqbuzarlik materiallarini ko'rib chiqish topshirilgan. Tergov ma'lumotlariga ko'ra, xodim tanishining iltimosiga binoan ushbu ma'lumotlarni Rossiya IIV elektron bazasiga kiritmagan.

Shundan so'ng, sobiq xodim tekshiruv materiallarini ataylab yo'qotib, ularni sudga taqdim etmagan. Natijada, xorijlik fuqaro ma'muriy javobgarlikdan qochib qolgan. Sud to'plangan dalillarni ushbu shaxsga nisbatan hukm chiqarish uchun yetarli deb topdi.

29.09.20265