16-sentabr kuni kechki payt Frunze tumanidagi Moravskiy tor koʻchasi (Moravskiy pereulok), 3-uyda joylashgan xonadonlarning biridan shovqin va baqiriq ovozlari eshitilgan. Voqea guvohlari darhol politsiyaga xabar berishgan.
Yetib kelgan politsiya xodimlari shu xonadonda yashovchi 23 yoshli peterburglik qizdan ariza qabul qilishdi. Qizning soʻzlariga koʻra, soat 21:00 larda uyi binosida tanishi bilan rashk tufayli janjal kelib chiqqan. Erkak uning iPhone va HUAWEI rusumli telefonlarini tortib olib, oʻzini bir necha bor urgan va voqea joyidan qochib ketgan. Jabrlangan qizga tibbiy yordam koʻrsatilib, uyiga javob berilgan.
Mazkur holat yuzasidan talonchilik (raboj) moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hodisadan toʻrt kun oʻtib, gumonlanuvchi oʻsha Moravskiy tor koʻchasidagi uy yaqinida qoʻlga olindi. U 25 yoshli Markaziy Osiyodan kelgan muhojir boʻlib chiqdi. Oʻgʻirlangan telefonlar undan daliliy ashyo sifatida musodara qilindi.









