SOS
Jinoyat

Tanishining avtomobilini metallolomga topshirmoqchi bo‘lgan muhojir qo‘lga olindi

Tanishining avtomobilini metallolomga topshirmoqchi bo‘lgan muhojir qo‘lga olindi

Rossiya IIVning Rybnoe tumani bo‘limiga 38 yoshli mahalliy fuqaro murojaat qilib, o‘zining VAZ 2115 rusumli avtomobili o‘g‘irlanganini ma’lum qilgan. Avtomobil shahar ko‘chalaridan birida to‘xtab turgan bo‘lgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida politsiya xodimlari gumonlanuvchini aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, 36 yoshli xorijiy fuqaro avtomobilni tirkama yordamida o‘zining mashinasiga bog‘lab, metall qabul qilish punktiga olib borgan va u yerda sotib yuborgan. Gumonlanuvchi avtomobil egasi yo‘qligidan foydalanib, jinoyat fosh etilmasligiga ishongan.

Politsiya xodimlari o‘g‘irlangan avtomobilni topib, qonuniy egasiga qaytardi. Gumonlanuvchi shaxs esa qo‘lga olingan. Hozirda unga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 158-moddasi 2-qismi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan tashqari, ushbu shaxs Rossiya hududida bo‘lish qoidalarini buzgani uchun unga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari ham ko‘rilmoqda. Tergov harakatlari davom etmoqda.

24.08.20261