SOS
Jinoyat

Tataristondagi voqeada jabrlangan o'zbekistonliklar Vatanga qaytarildi

Tataristondagi voqeada jabrlangan o'zbekistonliklar Vatanga qaytarildi

Joriy yilning 10-avgust kuni Tataristonning Nijnekamsk shahrida sodir bo'lgan dron hujumi oqibatida bir guruh O'zbekiston fuqarolari tan jarohati olgan edi. Mazkur voqea munosabati bilan O'zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi, Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi hamda «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi hamkorligida jabrlanganlarga zarur yordam ko'rsatildi.

Jumladan, og'ir tan jarohati olib, mahalliy shifoxonalarda davolangan, jumladan, murakkab jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechirgan yurtdoshlarimizning holati barqarorlashgach, ular tibbiy evakuatsiya tartibida O'zbekistonga qaytarildi. Oxirgi jabrlangan fuqaro ham «Qozon–Toshkent» yo'nalishi bo'yicha Vatanga yetkazilib, davolanish jarayonini davom ettirishi uchun sharoit yaratildi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, ayni paytda jabrlangan hamkasblarimizga Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida belgilangan tartibda kompensatsiya mablag'larini olish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va tegishli tashkilotlarga taqdim etish masalalari nazoratga olingan.

Chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida turli favqulodda vaziyatlarga tushib qolgan fuqarolar Migratsiya agentligining 1282 qisqa raqamli ishonch telefoni yoki @huquqiyyordamuzbot Telegram boti orqali 24/7 rejimida huquqiy yordam olishlari mumkin.

15.09.20261