SOS
Jinoyat

Topib olingan bank kartasidan foydalangan muhojir qamoqqa olindi

Topib olingan bank kartasidan foydalangan muhojir qamoqqa olindi

Omsk shahrining Lenin tumani ichki ishlar organlariga mahalliy fuqaro murojaat qilib, yo'qotib qo'ygan kredit kartasidan noma'lum shaxs 17 600 rubl mablag' yechib olganini ma'lum qilgan. Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu harakatlarni sodir etgan shaxs 36 yoshli chet el fuqarosi ekani aniqlandi.

Ma'lum bo'lishicha, gumonlanuvchi shahar bo'ylab sayr qilayotgan vaqtida bank kartasini topib olgan. U kartadan foydalanib, oziq-ovqat mahsulotlari, ryukzak, soat tasmasi, atir-upa, simsiz quloqchinlar va o'yin boshqaruv pultini xarid qilgan. Politsiya bo'limiga olib borilgan shaxs o'z aybiga iqror bo'lgan.

Mazkur holat yuzasidan o'g'rilik moddasi bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilgan. Sud qarori bilan chet el fuqarosi qamoqqa olingan va undan xarid qilingan barcha buyumlar olib qo'yilgan.

Mutaxassislar Rossiyada yashovchi migrantlarni bunday holatlardan ogoh bo'lishga chaqirmoqda. Ko'chada topib olingan bank kartalaridan foydalanish jiddiy huquqiy oqibatlarga, jumladan, jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishi mumkin. Shuning uchun birovga tegishli buyumlarni olmaslik va ulardan foydalanmaslik tavsiya etiladi.

02.11.20261