Tula viloyatining Lenin tuman sudi 34 yoshli Urinbek Jumayevga nisbatan hukm chiqardi. U qasddan badanga og'ir va o'rtacha og'irlikdagi shikast yetkazishda aybdor deb topildi.
Voqea joriy yilning aprel oyida sodir bo'lgan. Tergov ma'lumotlariga ko'ra, 28 va 35 yoshli ikki nafar mahalliy fuqaro bilan yuzaga kelgan nizo sababli tomonlar Tula viloyatining Fedorovka qishlog'ida uchrashishgan. Mojaro chog'ida Jumayev muz bolg'asidan foydalanib, bir kishining bosh qismiga zarba bergan, ikkinchisining esa qo'lini sindirgan.
Sud qaroriga ko'ra, ayblanuvchi 3,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. U jazoni umumiy tartibli koloniyada o'taydi.









