SOS
Jinoyat

Turkiyada ikki o'zbekistonlik ayolni o'ldirgan shaxslar umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyada ikki o'zbekistonlik ayolni o'ldirgan shaxslar umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyaning Istanbul shahrida ikki o'zbekistonlik ayolni o'ldirganlikda ayblangan shaxslarga sud hukmi chiqarildi. Sud qaroriga ko'ra, Dilshod Turdimurodov va G'ofurjon Kamolxo'jayevning har biri ikki marta og'irlashtirilgan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

Sud ularni "qasd bilan, vahshiylik yoki qiynoq bilan o'ldirish" jinoyatida aybdor deb topdi. Shuningdek, ayblanuvchilarga marhumlarning o'limidan foydalanib, uyda o'g'rilik qilganliklari uchun har biriga yana ikki marta 7 yilgacha qamoq jazosi tayinlandi.

Ish materiallarida keltirilishicha, jinoyat qurbonlari 36 yoshli Durdona Hakimova va 32 yoshli Sayyora Ergashaliyeva bo'lgan. Voqea Istanbulning Umraniye tumanida sodir etilgan.

13.09.20261