SOS
Jinoyat

Yekaterinburg aeroportida 15 ta sovuq qurol olib o'tmoqchi bo'lgan 2 nafar o'zbekistonlik to'xtatildi

Yekaterinburg aeroportida 15 ta sovuq qurol olib o'tmoqchi bo'lgan 2 nafar o'zbekistonlik to'xtatildi

Yekaterinburg aeroportida bojxona nazoratidan o'tayotgan ikki nafar O'zbekiston fuqarosining yuklari tekshirilganda, ularning ryukzaklaridan jami 121 ta tig'li buyum aniqlandi. Mazkur buyumlar milliy pichoqlar ko'rinishida tayyorlangan bo'lib, aeroport xodimlari tomonidan olib qo'yildi.

O'tkazilgan ekspertiza xulosalariga ko'ra, topilgan buyumlarning aksariyati xo'jalik-maishiy maqsadlarda foydalaniladigan pichoqlar deb topildi. Biroq, ulardan 15 tasi sovuq qurol sifatida tasniflandi.

Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan ikki nafar fuqaroga nisbatan ikkita ma'muriy ish qo'zg'atilgan. Huquq-tartibot organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, xalqaro reyslar orqali parvoz qilayotganda taqiqlangan yoki maxsus ruxsat talab etiladigan buyumlarni olib o'tish qoidalari qat'iy nazorat qilinadi. Sovuq qurol deb topilgan buyumlarni deklaratsiyasiz va tegishli ruxsatnomalarsiz olib o'tish ma'muriy hamda jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishi mumkin.

14.09.20261