SOS
Jinoyat

Yelabugadagi yong‘in yuzasidan sud qarori e’lon qilindi

Yelabugadagi yong‘in yuzasidan sud qarori e’lon qilindi

Yelabuga shahar sudi fermer xo‘jaligi rahbari Yelena Sobina va “Mir” MChJ bosh direktori Vladimir Chaykaga nisbatan sud hukmini e’lon qildi. Ular 2024-yil dekabr oyida Malorechenskiy qishlog‘idagi ishchilar yotoqxonasida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan aybdor deb topildi.

Sud qaroriga ko‘ra, Yelena Sobina 4 yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi (3 yillik sinov muddati bilan). Vladimir Chayka esa 3 yil muddatga majburiy ishlarga jalb etildi, uning ish haqidan 10 foiz miqdorida davlat foydasiga ushlab qolinadi. Ayblanuvchilar Rossiya Jinoyat kodeksining xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish hamda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish moddalari bo‘yicha javobgarlikka tortilgan.

Fojia 2023-yilda “Mir” kompaniyasi fermasida ishlovchi xodimlar yashaydigan binoda yuz bergan. 300 kvadrat metr maydonni qamrab olgan yong‘in oqibatida 6 kishi, jumladan, O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi va Udmurtiya rezidenti halok bo‘lgan edi. O‘sha vaqtda binoda jami 39 nafar ishchi bo‘lgan, ulardan 33 nafari qutqarib qolingan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, binoda yong‘in xavfsizligi tizimlari, xususan, avtomatik signalizatsiya va evakuatsiya vositalari bo‘lmagan. Shuningdek, binoda xodimlar uchun zarur bo‘lgan xavfsizlik sharoitlari ta’minlanmagani va yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilgani aniqlangan.

28.08.20262