SOS
Xavfsizlik

1-oktyabrdan migrantlar uchun tekshiruvlar kuchaytiriladi: hujjatlarni qanday tekshirish kerak?

1-oktyabrdan migrantlar uchun tekshiruvlar kuchaytiriladi: hujjatlarni qanday tekshirish kerak?

Rossiya hududida 1-oktyabrdan boshlab xorijlik fuqarolarning hujjatlari va mehnat faoliyatini tekshirish bo'yicha navbatdagi bosqich boshlanadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar migratsiya qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida reydlarni kuchaytirishi kutilmoqda.

Tekshiruvlar asosan qurilish maydonchalari, omborxonalar, bozorlar, ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, yetkazib berish xizmati va yo'lovchi tashish sohalarida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, xorijlik fuqarolar yashaydigan manzillar ham nazoratga olinishi mumkin.

Avvalroq o'tkazilgan «Nelegal-2026» operatsiyasining birinchi bosqichi doirasida 60,2 mingta qoidabuzarlik aniqlangan. Mazkur tadbirlar natijasida 14,6 ming nafar xorijlik fuqaro mamlakatdan chiqarib yuborilgan va deportatsiya qilingan, shuningdek, 10,4 ming nafar ish beruvchi javobgarlikka tortilgan.

Rossiyada bo'lib turgan o'zbekistonlik migrantlarga o'z hujjatlarini qayta tekshirib chiqish tavsiya etiladi. Xususan, migratsiya hisobi, qonuniy bo'lish muddati, mehnat shartnomasi va ishga joylashishning qonuniyligi, migratsiya kartasi hamda nazorat ostidagi shaxslar reestrida cheklovlar mavjud emasligiga alohida e'tibor qaratish lozim.

02.10.20261