Rossiya Ichki ishlar vazirligining Voronej viloyati bo'yicha Bosh boshqarmasi xabariga ko'ra, Voronej shahridagi «Delfin» turar-joy majmuasida beshta avtomobilga zarar yetkazgan shaxs qo'lga olindi.
16-avgustga o'tar kechasi mahalliy aholi ijtimoiy tarmoqlarda noma'lum shaxs liftni buzgani, hovlida to'xtab turgan avtomobillarning eshik tutqichlarini yulib olgani, oynalarini sindirgani va transport vositalarini tepgani haqida shikoyat qilgan edi. Aholi vakillari ushbu shaxs mastlik holatida bo'lgan bo'lishi mumkinligini taxmin qilishgan.
Kuzatuv kameralari yordamida politsiya xodimlari gumonlanuvchini tezkorlik bilan qo'lga oldi. 34 yoshli qo'lga olingan shaxs Markaziy Osiyo respublikalaridan birining fuqarosi ekanligi ma'lum bo'ldi. Uning organizmida giyohvand moddalar bor-yo'qligini aniqlash uchun tahlillar o'tkazildi. Unga nisbatan, mulkka qasddan zarar yetkazish fakti bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atish masalasi ko'rib chiqilmoqda.
Shuningdek, migratsiya qonunchiligi buzilgani aniqlangan bo'lib, xorijiy fuqaro jinoiy javobgarlikka tortilgandan so'ng, uni Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqarib yuborish masalasi ko'rib chiqilishi malum qilindi.









