SOS
Xavfsizlik

Domodedovo aeroportida xorijliklarning hujjatlari tekshirilmoqda: nimalarga e'tibor berish kerak?

Domodedovo aeroportida xorijliklarning hujjatlari tekshirilmoqda: nimalarga e'tibor berish kerak?

Rossiyaning Domodedovo aeroportida xorijlik fuqarolar, jumladan, mehnat migrantlari uchun hujjatlarni tekshirish tartibi kuchaytirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Aeroport hududida nazorat-o‘tkazish punktlarida xorijiy pasportlar va tegishli ruxsatnomalar sinchkovlik bilan tekshirilmoqda.

Migrantlar o‘zlari bilan pasport, migratsiya kartasi, patent yoki vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi (RVP/VNJ) kabi hujjatlarning asl nusxalarini olib yurishlari hamda ularning amal qilish muddatini oldindan tekshirib olishlari muhim. Hujjatlardagi nomuvofiqliklar yoki muddatlarning o‘tib ketishi aeroport nazoratida muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, xorijlik fuqarolar aeroport va boshqa jamoat joylarida huquq-tartibot organlari xodimlarining qonuniy talabiga binoan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari shart.

31.08.202631