SOS
Xavfsizlik

Yangi Moskvadagi Saxarovo migratsiya markazida politsiyachiga hujum qilinib, o‘qotar quroldan jarohat yetkazildi.

Yangi Moskvadagi Saxarovo migratsiya markazida politsiyachiga hujum qilinib, o‘qotar quroldan jarohat yetkazildi.

Seshanbaga o‘tar kechasi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazi hududida jiddiy mojaro kelib chiqdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olingan migrantr tartibni buzib, komendantlik guruhining 42 yoshli haydovchisiga qarshilik ko‘rsatgan. To‘qnashuv davomida hujumchi xodimning xizmat qurolini tortib olishga muvaffaq bo‘lgan va undan o‘q uzgan.

O‘qotar quroldan jarohat olgan politsiya xodimi zudlik bilan shifoxonaga yotqizildi va hozirda shifokorlar nazorati ostida davolanmoqda. Hujum qilgan shaxs esa voqea joyining o‘zidayoq huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olindi. Hozirda tezkor guruh voqeaning barcha tafsilotlari va sabablarini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

08.09.202643