SOS
Xavfsizlik

Sankt-Peterburgdagi qurilish maydonchalarida 617 kishi tekshirildi: 6 nafar migrant ushlandi

Sankt-Peterburgdagi qurilish maydonchalarida 617 kishi tekshirildi: 6 nafar migrant ushlandi

Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo'yicha Rossiya IIV bosh boshqarmasi xodimlari Primorsk tumanidagi qurilish maydonchalarida navbatdagi profilaktik tadbirlarni amalga oshirdi. Plesetskaya ko'chasida joylashgan to'rtta obyektda o'tkazilgan reyd davomida jami 617 nafar shaxs tekshiruvdan o'tkazildi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, tekshirilganlarning 514 nafari xorijiy davlat fuqarolari bo'lgan. Reyd natijasida migratsiya qonunchiligini buzganlik alomatlari aniqlangan 6 nafar xorijlik politsiya bo'limiga olib ketildi. Ularga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi kodeksining 18.8-moddasi bo'yicha tegishli choralar ko'rilmoqda.

Shuningdek, huquq-tartibot organlari qurilish maydonchasi atrofidagi transport vositalarini ham nazoratdan o'tkazdi. Jami 87 ta avtomobil tekshirilib, aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan bir qator ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Sankt-Peterburg politsiyasi migratsiya qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish bo'yicha bunday tadbirlar muntazam ravishda o'tkazib kelinayotganini ma'lum qildi. Migrantlarga o'z hujjatlarini doimo tartibda saqlash va Rossiya qonunchiligiga rioya qilish tavsiya etiladi.

05.10.20266