Ryazan shahrida bolalar maydonchasida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan huquq-tartibot organlari tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, noma’lum shaxs maydonchada o‘tirgan qizchaga yaqinlashib, unga nisbatan nojo‘ya harakatlar qilgan.
Voqea guvohlarining aytishicha, gumonlanuvchi qizchadan telefon so‘rash bahonasida unga yaqinlashgan va jismoniy tazyiq o‘tkazishga uringan. Qizcha qochishga muvaffaq bo‘lgan, biroq shaxs uni ta’qib qilishda davom etgan. Atrofdagilarning aralashuvi bilan gumonlanuvchi to‘xtatib qolingan.
Voqea joyiga yetib kelgan Rossiya IIV xodimlari gumonlanuvchini qo‘lga olib, bo‘limga olib ketishgan. Tekshiruv davomida shaxsning yonida xorijiy davlat pasporti borligi aniqlangan.
Hozirgi vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda va jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.









