SOS
Xavfsizlik

600 paket nosvoy musodara qilindi

600 paket nosvoy musodara qilindi

Kemerovo viloyati politsiyasi xodimlari Rossiya Gvardiyasi ko'magida “Sotka” bozorida profilaktik reyd o'tkazdi. Tekshiruvlar davomida 41 nafar xorijlik fuqaro nazoratdan o'tkazilib, ulardan biri Rossiyada bo'lish qoidalarini buzganligi uchun hibsga olindi. Ushbu shaxsga nisbatan ma'muriy bayonnoma tuzildi, shuningdek, unga uy-joy ijaraga bergan Rossiya fuqarosi ham 5 000 rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.

Reyd davomida 2019–2026-yillar oralig'ida Rossiya fuqaroligini olgan 13 nafar shaxs ham tekshiruvdan o'tkazildi. Ulardan biri belgilangan muddatda harbiy hisobga turmagani aniqlangan. Ushbu fuqaro harbiy komissariatga olib ketilib, unga chaqiruv qog'ozi topshirildi.

Shuningdek, tekshiruv jarayonida 600 dan ortiq paketda nosvoyga o'xshash modda topilib, musodara qilindi. Hozirda ushbu modda ekspertizaga yuborilgan. Agar uning tarkibi taqiqlangan mahsulot ekani tasdiqlansa, aybdor shaxslar 200 000 rublgacha, mansabdor shaxslar 500 000 rublgacha, yuridik shaxslar esa 1,5 million rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.

Bundan tashqari, reyd chog'ida yo'l harakati qoidalarini buzganlik, xususan, haydovchilik guvohnomasi va sug'urta polisining yo'qligi bilan bog'liq 3 ta ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

09.09.20268