SOS
Xavfsizlik

Moskvada yo'lkira uchun tekshiruvlar kuchaytirildi

Moskvada yo'lkira uchun tekshiruvlar kuchaytirildi

Moskva shahar transport departamenti ma'lumotiga ko'ra, noyabr oyida poytaxtning to'rtta okrugida yer usti transportida yo'lkira haqini to'lash bo'yicha kuchaytirilgan tekshiruvlar o'tkazilmoqda. Nazorat tadbirlari har hafta tashkil etilib, yo'lovchilarning chiptalari transportdan tushish vaqtida tekshirilmoqda.

Ushbu tekshiruvlarda politsiya xodimlari ham ishtirok etmoqda. Ular jamoat tartibini saqlash bilan bir qatorda, yo'lovchilarning migratsiya qonunchiligiga rioya etishini ham nazorat qiladi. Nazoratchilar shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni va imtiyozli yo'lkira huquqini beruvchi hujjatlarni talab qilish huquqiga ega. Agar yo'lovchida hujjatlar bo'lmasa, politsiya xodimlari shaxsni aniqlashtirish uchun uni eng yaqin bo'limga olib borishi mumkin.

2026-yilning uchinchi choragida o'tkazilgan tekshiruvlar natijasida 2,6 mingdan ortiq yo'lovchi chiptasiz yurgani uchun jarimaga tortilgan. Umuman olganda, joriy yilning shu davrida jami 97 mingga yaqin yo'lovchi jarimaga tortilgan bo'lib, bu o'tgan yilning mos davriga nisbatan 16,6 foizga kamroqdir. Yil boshidan buyon 40 ta kuchaytirilgan tekshiruv o'tkazilib, 7,3 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlangan.

Eslatib o'tamiz, 2026-yil 9-yanvardan boshlab chiptasiz yurish yoki imtiyozli kartadan noto'g'ri foydalanganlik uchun jarima miqdori 5 ming rublni tashkil etadi. Jarimani to'lash uchun 60 kun muddat beriladi, qaror ustidan shikoyat qilish uchun esa 10 kun vaqt ajratilgan. Shuningdek, belgilangan me'yordan ortiq yuk tashiganlik uchun 1 ming rubl miqdorida jarima belgilangan.

03.11.20261