Magadan shahri ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan tekshiruvlar davomida ma'lum bo'lishicha, 35 yoshli xorijlik fuqaro joriy yilning aprel oyida Yagodninskiy munitsipal okrugidagi korxonalardan biriga ishga kirish uchun soxta tibbiy xulosani taqdim etgan.
Ushbu holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 327-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Hozirgi vaqtda soxta hujjat ashyoviy dalil sifatida olib qo'yilgan. Qonunchilikka ko'ra, mazkur turdagi huquqbuzarlik uchun bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Migrantlarga ishga joylashish jarayonida barcha hujjatlarning qonuniyligiga e'tibor qaratish hamda rasmiy tartibda berilgan tibbiy ma'lumotnomalardan foydalanish tavsiya etiladi. Soxta hujjatlardan foydalanish jiddiy huquqiy oqibatlarga, jumladan, jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishi mumkin.
Huquqbuzarliklar yoki shubhali holatlar yuzasidan Rossiya IIVning hududiy bo'linmalariga 102 yoki 112 raqamlari orqali xabar berish mumkin. Shuningdek, Magadan viloyati IIBning ishonch telefoni hamda rasmiy veb-sayti orqali ham tegishli ma'lumotlarni olish imkoniyati mavjud.









