SOS
Xavfsizlik

Moskva viloyatidagi reydlarda 42 nafar migrant noqonuniy ishlayotgani aniqlandi

Moskva viloyatidagi reydlarda 42 nafar migrant noqonuniy ishlayotgani aniqlandi

Moskva viloyatining Mytishchi va Dolgoprudniy shaharlarida migratsiya qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish bo'yicha profilaktik reydlar o'tkazildi. Tekshiruvlar asosan omborxonalar va oziq-ovqat tayyorlash sexlarida amalga oshirildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari jami 471 kishini tekshiruvdan o'tkazdi, ulardan 369 nafari xorijiy davlat fuqarolari ekani aniqlandi. Reydlarda migratsiya masalalari bo'yicha boshqarma xodimlari, politsiya maxsus polki va xalq drujinalari ishtirok etdi.

Tekshiruv yakunlariga ko'ra, 42 nafar shaxs Rossiyada noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug'ullangani aniqlandi. Shuningdek, yana 21 nafar xorijlik Rossiyaga kirish qoidalari yoki mamlakatda bo'lish tartibini buzgani qayd etildi.

Bundan tashqari, tekshirilganlar orasida nazorat ostidagi shaxslar reestriga kiritilgan 6 nafar fuqaro borligi ma'lum bo'ldi. Shuningdek, Rossiyaga kirish taqiqlangan bo'lishiga qaramay, mamlakat hududida bo'lib turgan 1 nafar xorijlik aniqlandi. Barcha qonunbuzarlar holatga aniqlik kiritish uchun hududiy politsiya bo'limlariga olib ketildi.

06.10.20264