SOS
Xavfsizlik

Moskvada yo‘l-transport hodisasi sodir etgan haydovchi qo‘lga olindi

Moskvada yo‘l-transport hodisasi sodir etgan haydovchi qo‘lga olindi

Moskva shahrining Xodinskaya ko‘chasi hududida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. «KamAZ» yuk mashinasi haydovchisi piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan «Moskvichka» jurnali PR-direktori Yekaterina Chakovskayani urib yuborgan.

Voqea joyiga yetib kelgan tibbiyot xodimlari jabrlanuvchini og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizishgan. Hozirgi vaqtda shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun zarur choralarni ko‘rmoqda.

Haydovchi Aram Nikogosyan hodisa joyida jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmasdan, voqea joyidan yashiringan. Huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida haydovchi qo‘lga olindi. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

16.08.20260