Novocherkassk shahrida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan migratsiya qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha navbatdagi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Tekshiruvlar asosan shahar ta’lim muassasalariga qarashli talabalar yotoqxonalarini qamrab oldi.
O‘tkazilgan reyd davomida xorijiy fuqarolar tomonidan migratsiya qoidalariga rioya etilishi tekshirildi. Natijada, Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksining 18.8-moddasi 3-qismi bo‘yicha uchta qoidabuzarlik holati aniqlandi.
Ma’lumot uchun, ushbu turdagi profilaktik tadbirlar Rossiya IIVning hududiy boshqarmalari tomonidan muntazam ravishda o‘tkazib kelinadi. Ularning asosiy maqsadi migratsiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash va ularning oldini olishdan iborat.
Rossiyada tahsil olayotgan yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan talabalar va migrantlardan o‘z hujjatlarini tartibga keltirish hamda migratsiya qonunchiligi talablariga qat’iy rioya qilish so‘raladi.









