SOS
Xavfsizlik

Novorossiyskda 58 nafar migrant ma'muriy javobgarlikka tortildi: qoidabuzarlik oqibatlari

Novorossiyskda 58 nafar migrant ma'muriy javobgarlikka tortildi: qoidabuzarlik oqibatlari

Rossiya IIVning Krasnodar o'lkasi bo'yicha boshqarmasi xodimlari Novorossiysk shahrida migratsiya qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish bo'yicha profilaktik tadbirlarni o'tkazdi. Tekshiruvlar natijasida xorijlik fuqarolar tomonidan sodir etilgan qator qoidabuzarliklar aniqlandi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Rossiyada bo'lish (yashash) tartibini buzgan Markaziy Osiyodan kelgan 22 nafar shaxsga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, ruxsatnomasiz mehnat faoliyatini amalga oshirgan 36 nafar xorijlik fuqaro ham ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, huquq-tartibot organlari xorijlik ishchilarni noqonuniy ravishda yollagan va qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya qilmagan ish beruvchilarga nisbatan ham tekshiruv ishlarini boshlagan. Migrantlarga o'z hujjatlarini va mehnat faoliyatini qonuniy rasmiylashtirish, shuningdek, ish beruvchilarning faoliyatiga oid qonuniy talablarni inobatga olish tavsiya etiladi.

11.09.20264