Rossiya IIVning Xolmsk bo‘limiga tashkilot xodimlaridan biri kompaniya mulki o‘g‘irlangani haqida xabar bergan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jinoyatda gumon qilinayotgan 44 yoshli xorijiy fuqaro aniqlandi.
Aniqlanishicha, gumonlanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor qo‘l ostida uy izolyatsiyasi bo‘yicha ishchi bo‘lib ishlagan. U ish jarayonida foydalaniladigan izolyatsiya plitalarini yashirincha boshqa joyga yig‘ib qo‘ygan va ularni onlayn e’lonlar sayti orqali sotuvga qo‘ygan. Natijada, xaridorlardan biri ushbu mahsulotlarni sotib olgan.
Ushbu harakatlar oqibatida yetkazilgan zarar miqdori 40 500 rublni tashkil etadi. Mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 158-moddasi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirgi vaqtda gumonlanuvchiga nisbatan yashash joyini tark etmaslik va tegishli xulq-atvor qoidalariga rioya qilish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.









