SOS
Xavfsizlik

Rossiyada futbolchi Arseniy Yeroshevichning o‘limi bo‘yicha sud hukmi chiqdi

Rossiyada futbolchi Arseniy Yeroshevichning o‘limi bo‘yicha sud hukmi chiqdi

Moskva viloyatining Shchyolkovo shahrida 2025-yil 17-avgust kuni yuz bergan voqea yuzasidan sud jarayoni yakuniga yetmoqda. Hakamlar hay’ati 20 yoshli futbolchi Arseniy Yeroshevichning o‘limiga aloqadorlikda ayblanayotgan to‘rt nafar xorijiy fuqaroni aybdor deb topdi. Bu haqda sudlanuvchilardan birining advokati Oksana Skoblina ma’lum qildi.

Sudlanuvchilarga nisbatan ayblovlar ularning jinoyatdagi ishtirokiga qarab turlicha belgilangan. Ular qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, o‘limga olib kelgan harakatlar, guruh bo‘lib bezorilik qilish va tan jarohati yetkazish kabi moddalar bo‘yicha javobgarlikka tortilgan. Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, to‘rt nafar sudlanuvchidan ikki nafari yengillashtiruvchi holatlarga loyiq deb topildi, bu esa ularga nisbatan umrbod qamoq jazosi tayinlanmasligini anglatadi.

Voqea tafsilotlariga ko‘ra, mojaro bar yaqinidagi avtoturargohda boshlangan. Tergov versiyasiga ko‘ra, ayblanuvchilar futbolchi va uning do‘sti bilan nizolashgan. Keyinchalik mushtlashuvga boshqa shaxslar ham qo‘shilgan. Futbolchi olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu ish bo‘yicha jami besh kishi gumon qilingan. Ulardan to‘rt nafari qo‘lga olingan bo‘lsa, yana bir ishtirokchi voqea joyidan yashiringan va xalqaro qidiruvga berilgan. Qidiruvdagi shaxsga nisbatan jinoyat ishi alohida yurituvga ajratilgan.

20.08.20267