SOS
Xavfsizlik

Rossiyada og'ir jarohat olgan o'zbekistonlik migrant tibbiy evakuatsiya qilindi

Rossiyada og'ir jarohat olgan o'zbekistonlik migrant tibbiy evakuatsiya qilindi

Rossiyada mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan vaqtida og'ir tan jarohatlarini olgan O'zbekiston fuqarosi D.U. maxsus tibbiy evakuatsiya orqali yurtimizga olib kelindi. Baxtsiz hodisadan so'ng fuqaro dastlab Rostov-Dondagi tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizilib, unga zaruriy muolajalar ko'rsatilgan.

Ushbu jarayonda O'zbekistonning Rostov-Dondagi Bosh konsulxonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi hamkorligida vatandoshni O'zbekistonga qaytarish choralari ko'rildi. Shifokorlar tavsiyasi va fuqaroning sog'liq holati inobatga olinib, uni xavfsiz tashish uchun tibbiy evakuatsiya tashkil etildi.

Fuqaroga parvoz davomida tibbiy nazoratni ta'minlash maqsadida O'zbekistondan ikki nafar tibbiyot mutaxassisi yuborildi. Barcha tashkiliy ishlar yakunlangach, D.U. Mineralniye Vodi–Toshkent aviareysi orqali O'zbekistonga yetkazildi.

03.10.20264