Rossiyaga kelgan muhojirlar uchun tibbiy ko'rik muddati 30 kungacha qisqartirildi

Rossiya Federatsiyasida migratsiya siyosatini takomillashtirishga qaratilgan yangi federal qonun sentyabr oyidan e'tiboran kuchga kirdi. Ushbu o'zgarishlarga ko'ra, Rossiyaga uch oydan ortiq muddatga kelgan xorijiy fuqarolar mamlakatga kirib kelganidan so'ng 30 kun ichida tibbiy ko'rikdan o'tishlari majburiy etib belgilandi. Avval bu muddat 90 kunni tashkil etgan.
Yangi qoidalar xorijliklarning sog'lig'ini nazorat qilishni kuchaytirishni ko'zda tutadi. Xususan, tibbiy ko'rikdan bo'yin tovlaganlar uchun ma'muriy javobgarlik joriy etildi. Shuningdek, yuqumli kasalliklar yo'qligi to'g'risidagi tibbiy ma'lumotnomalarni qalbakilashtirish va ularning aylanmasi uchun jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirildi. Rasmiylarning ta'kidlashicha, ushbu choralar xavfli infeksiyalar aniqlanganda migrantlarni tezkor ravishda mamlakatdan chiqarib yuborish imkonini beradi.
Rossiya IIV ma'lumotlariga ko'ra, 2026-yilning birinchi yarmida qonunchilikni buzganligi uchun qariyb 100 ming nafar muhojir Rossiyadan chiqarib yuborilgan va deportatsiya qilingan. Shuningdek, 200 ming nafar xorijiy fuqaroning mamlakatga kirishi taqiqlangan, 800 mingga yaqin shaxs esa nazorat ostidagi shaxslar reestriga kiritilgan.
2024-yildan buyon Rossiya Davlat dumasi migratsiya sohasida 32 ta federal qonunni qabul qildi. Ushbu qonunlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarning noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.








