SOS
Xavfsizlik

Rossiyaga kirishni taqiqlashga sabab bo'luvchi tibbiy holatlar ma'lum qilindi

Rossiyaga kirishni taqiqlashga sabab bo'luvchi tibbiy holatlar ma'lum qilindi

Rossiya iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligi sohasidagi nazorat federal xizmati (Rospotrebnadzor) sog'liqni saqlash nuqtai nazaridan boshqalar uchun xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan xorijiy fuqarolarga nisbatan mamlakatga kirishni taqiqlash vakolatiga ega.

Chet el fuqarolari Rossiyada tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida tibbiy ko'rikdan o'tishlari shart. Agar tekshiruv davomida xavfli kasalliklar aniqlansa, tibbiyot muassasasi bu haqidagi ma'lumotni avtomatik tarzda Rospotrebnadzorga yuboradi. Ushbu ma'lumot asosida agentlik tomonidan mamlakatga kirishga taqiq qo'yiladi va fuqarodan Rossiya hududini tark etish talab qilinadi.

Rossiya Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan ro'yxatga ko'ra, kirishni taqiqlashga sabab bo'luvchi xavfli kasalliklar qatoriga sil (tuberkulyoz), sifilis, moxov (lepra) va OIV (VICh) infeksiyasi kiradi.

Ushbu tartib Rossiya qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Migrantlar tibbiy ko'rik jarayonida ushbu qoidalardan xabardor bo'lishlari va sog'liq holatiga e'tibor qaratishlari tavsiya etiladi.

31.08.20268